
Osiyo kubogi U-23. O‘zbekiston joy olgan guruhdagi terma jamoalar haqida ma’lumotlar
Bugun 23 yoshlilar o‘rtasida Osiyo kubogiga start beriladi. O‘zbekiston joy olgan "A" va ikkinchi "B" guruhida 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Dastlab 18:00 da Eron - Qatar uchrashuvi start oladi. Bu o‘yin bilan parallel Avstraliya - Quvayt bellashuvi start oladi.
Shuningdek, terma jamoamizning Turkmanistonga qarshi bahsi 20:30 da start oladi. Bugunga belgilangan so‘nggi uchrashuv 22:00 da Iordaniya va Iroq jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan biz vakillarimiz joy olgan guruhdagi raqiblar haqida ma’lumot beramiz.
Eron.
Saralash bosqichida 9 gol urgan va 2 gol o‘tkazib yuborgan holda, guruh g‘olibi sifatida Osiyo kubogiga yo‘l olgan. Bu jamoa 3-marotaba bu musobaqada ishtirok etmoqda.
Forslarning eng yaxshi natijasi 2016-yilda chorak finalga chiqqani hisoblanadi. Eron termasi bosh murabbiyi Mehdi Mahdavakiya sanaladi. U 1996-2009 yillar oralig‘ida Eron milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan.
Qatar.
Saralash bosqichida 9 gol urgan va 1 gol o‘tkazib yuborgan holda, guruh g‘olibi sifatida Osiyo kubogiga yo‘l olgan. Bu jamoa 3-marotaba bu musobaqada ishtirok etmoqda.
Qatarliklarning eng yaxshi natijasi 2018-yilda 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani hisoblanadi. Qatar termasi bosh murabbiyi chililik Nikolas Kordova sanaladi.
Turkmaniston.
Saralash bosqichida 3 gol urgan va 2 gol o‘tkazib yuborgan holda, eng yaxshi 2-o‘rin sohibi sifatida Osiyo kubogiga yo‘l olgan. Bu jamoa ilk marotaba bu musobaqada ishtirok etmoqda.
Turkmaniston termasi bosh murabbiyi Ahmet Agamuratov sanaladi.
Fikrlar