
Osiyo kubogi. Yaponiya qiyinchiliksiz Bahraynni mag‘lub qilib, chorak finalga yo‘l oldi
Osiyo kubogi nimchorak finalida Yaponiya Bahraynni 3:1 hisobida taslim qildi.
Dastlab, Doan hisobni ochgan bo‘lsa, Kubo oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Suzuki va Uedalarning harakatlaridan so‘ng yaponiyaliklarning darvozasi ishg‘ol qilindi. 72-daqiqada esa Ueda o‘z aybini yuvdi.
Shu tariqa, Yaponiya qiyinchiliksiz chorak finalga chiqdi. Jamoaning keyingi raqibi Eron - Suriya bahsida ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar