Osiyo sambo Ittifoqi prezidenti: O‘zbekiston bundan ham katta turnirlarni o‘tkazishga qodir

CHERY AUTO

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ayni kunlarda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Kecha turnirning ochilish marosimi va dastlabki kungi bellashuvlar bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, bugun mazkur turnirga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Osiyo Sambo Ittifoqi prezidenti Alam Mullaev, Butunjahon sambo Federatsiyasi prezidenti Vasiliy Shestyakov, O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi prezidenti Alisher Alimovlar ishtirok etishdi.

Alam Mullaev: "Osiyoda ham sambo rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, O‘rta Osiyo mamlakatlari bu borada etakchilardan sanaladi. Bilasiz, sambo Osiyo o‘yinlariga kiritilgan va o‘tgan yili Jakarta hama Palembangda bo‘lib o‘tgan qit’a birinchiligida bir nafar sportchimiz oltin medalni qo‘lga kiritib, delegatsiyamiz hisobiga 21-oltinni olib kelgan edi. Biz bu borada Eronni ortda qoldirishga erishgan edik.

Kecha Butunjahon sambo Federatsiyasi prezidenti Vsiliy Shestyakov bilan ham muloqotda bo‘ldik va shuni ta’kidladimki, O‘zbekiston bundan ham katta musobaqalar o‘tkazishga tayyor. Kelajakda mazkur sport turining yurtimizdagi kelajagi porloq deb ayta olaman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!