
Osiyo stol tennisi ittifoq O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasiga grant ajratdi
Mamlakatimizda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlari, jumladan, stol tennisini yanada ommalashtirish maqsadida bir qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun yoshlarimiz yurtimizning barcha hududlarida qad rostlagan sport inshootlarida stol tennisi bo‘yicha o‘z mahoratlarini oshirib kelmoqdalar. Ular uchun to‘garaklarda jahon standartlariga mos sport inventarlari etkazilmoqda.
Osiyo stol tennisi ittifoqining (ATTU) «Yulduzlar sari intilish» dasturi doirasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi ushbu Olimpiya sport turi uchun jihozlarni zamonaviylashtirish va mavjudlarini mukammallashtirishga qaratilgan mintaqaviy rivojlanish loyihasini ishlab chiqdi. Loyihani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra ATTU federatsiyamizga professional stol tennis stollarini sotib olishga yo‘naltirilgan grant ajratdi.
Mazkur stollar yurtimizda professional stol tennischilarning o‘z mahoratlarini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Fikrlar