Osiyo va Para Osiyo o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlariga qancha mukofot puli berilishi e’lon qilindi

CHERY AUTO

2022 yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori e’lon qilindi.

Tecno

Qarorga ko‘ra, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi tartibda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

oltin medal uchun – 5 000 AQSh dollari;

kumush medal uchun – 3 000 AQSh dollari;

bronza medal uchun – 2 000 AQSh dollari;

Ushbu sportchilarini tayyorlagan trenerlar esa quyidagicha mukofotlanadi:

oltin medal uchun – 2 500 AQSh dollari;

kumush medal uchun – 1 500 AQSh dollari;

bronza medal uchun – 1 000 AQSh dollari;

Shuningdek, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilarini tayyorlagan boshqa mutaxassislar (shifokor, dietolog, massajist va boshqalar):

oltin medal uchun – 2 000 AQSh dollari;

kumush medal uchun – 1 000 AQSh dollari;

bronza medal uchun – 500 AQSh dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Xanjchou-2022 Osiyo o‘yinlari joriy yilning 10 - 25 sentyabr kunlari, Para Osiyo o‘yinlari esa 9 oktyabrdan 15 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!