Osiyoga yana bir yulduz futbolchi kelmoqda

  • 10 yanvar, 2023, 12:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning sobiq futbolchisi Xaver Pastore jamoasiz qoldi. Argentinalik yarim himoyachi La Liga autsayderi hisoblangan "Elche" bilan shartnomasini bekor qildi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda, 33 yoshli futbolchi faoliyatini Osiyoda davom ettiradi. U “Qatar SK” klubi bilan kelishuvga erishgan.

Ma’lumot uchun, Pastore 2011 yildan 2018 yilgacha PSJ safida to‘p surgan. U PSJdan tashqari “Talleres”, “Hurakan”, “Palermo” va “Roma” klublarida ham o‘ynagan. Xaver Argentina terma jamoasida 2010-2017 yilgacha 29 o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!