Osiyolik futbolchi Gvardiola nazariga tushdi

  • 10.05.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan “Napoli” etakchilaridan biri Kim Min Je bir necha grand klublar nishonida turibdi.

Fichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola koreyalik himoyachining mahoratini yuqori baholayapti. “Shaharliklar” jismonan baquvvat bu futbolchini olish uchun “Manchester Yunayted” bilan raqobatga kirishishga tayyor.

Manbalarning ta’kidlashicha, Manchester shahrining har ikki jamoasi Kim uchun 60 million evro miqdorida xarajat qilishga tayyor.

Gvardiola Kimni yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Emerik Laport o‘rniga olib kelmoqchi. Laportning o‘zi “Barselona”ga o‘tishga yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!