
Osiyoning so‘nggi 10 yillikdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
Xalqaro futbol statistikasi va tarixi (IFFHS) Osiyoning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi.
Reytingga 2011 yildan 2020 yilgacha Osiyo futbol konfederatsiyasi mamlakatlarining eng yaxshi futbolchilari kiritilgan.
Janubiy Koreya terma jamoasi va "Tottenxem" klubi hujumchisi Son Xin Min reytingda 1-o‘rinni egalladi.
TsSKA, "Milan" hamda Yaponiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Keysuke Xonda 2-o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kuchli uchlikni «Al-Hilol» va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi a’zosi Salim Ad-Dosari yakunlab berdi.
Fikrlar