
Oskar Tabares: Bugun barcha futbolchilarim yuqori saviyada o‘ynashdi
"Barcha futbolchilarim butun o‘yin davomida yuqori saviyada to‘p surishdi. Bugungi natijadan qo‘nglim to‘ldi.
Biz turli qit’a jamoalariga qarshi o‘ynadik va shuni ta’kidlardimki, har bir mintaqaning o‘ziga yarasha ustun tomonlari bor. Jamoamiz har bir o‘yinda g‘alaba uchun maydonga tushadi.
Tailandga qarshi uchrashuv ham oson kechmaydi. Futbolchilar maydonda 90 daqiqa o‘ynasalar ham mashg‘ulotlarda ko‘p ter to‘kishadi. Biz har bir raqibga hurmat bilan yondashamiz", - deb Tabaresning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Sinxua" agentligi.
Fikrlar