
Oston O‘runov "Dangal" loyihasida mehmon bo‘ldi
Mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazgan Oston O‘runov "Dangal" loyihasining navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi. U bilan suhbatlashgan Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"O‘runov bugun "Dangal" mehmoni bo‘ldi. Oston ancha ulg‘ayibdi. Zo‘r suhbat bo‘ldi. Ayniqsa, "Navbahor"ning chempionlikka erisha olmaganini sababini 2 ta jumla bilan tushuntirib bergani meni hayron qoldirdi. Haqiqatni tikka aytdi, qo‘ydi. Vyuning blits qismi esa, shunchaki yoddan chiqmaydigan xolda o‘tdi".
Intervyuni tez orada Sports.uzning yutub sahifasida tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Fikrlar