Oston O‘runov "Spartak"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?
“Ufa” bosh direktori Shamil Gazizov o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning "Spartak"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirishdan bosh tortdi.
“O‘runov "Spartak"ga qarshi o‘ynaydimi? Men barcha kartalarimni oldindan ko‘rsatishim kerakmi?
Men bu haqda gapirishni xohlamayman, ayniqsa o‘yin arafasida”, - dedi Gazizov.
Eslatib o‘tamiz, “Ufa” O‘runovni o‘tgan oy aynan “Spartak”dan ijaraga olgan edi.
“Spartak” – “Ufa” uchrashuvi 25 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar