Oston O‘runov sport zalida (foto)
Joriy mavsum Rossiya Premer-ligasi autsayderlari qatoriga tushib qolgan "Ufa"da ahvol ancha og‘ir. Jamoa ichki birinchilikdagi so‘nggi 7 o‘yindan 6 tasida imkoniyatni boy berdi.
Shu sababli, bosh murabbiy Rashid Raximov iste’foga chiqarildi va endi ufaliklar elitada qolish uchun yangicha usulda kurash olib bormoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, klub rahbarlari Aleksey Stukalov bilan muzokaralar olib borgan va masala ijobiy hal bo‘lgan.
Hozircha bosh murabbiysiz qolgan O‘runov jamoadoshlari bugun sport zalida mashg‘ulot o‘tkazdi. Jamoa matbuot xizmati ushbu jarayondan fotosuratlarni taqdim etdi. Unda hamyurtimiz ancha ter to‘kkaniga guvoh bo‘lish mumkin.
"Ufa" keyingi o‘yinini mehmonda o‘tkazadi. Rossiya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda "Axmat" "Ufa"ni qabul qiladi. Bellashuv 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.





Fikrlar