Otabek Shukurov: Ertangi bahsda Jahon chempionatiga chiqish uchun harakat qilamiz

  • 13 noyabr, 2024, 20:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri - Otabek Shukurov ertaga Qatar terma jamoasiga qarshi kechadigan JCh-2026 saralash uchrashuvidan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirdi:

- Ertangi o‘yinga tayyormiz, muhimi asosiy tarkib futbolchilarining barchasi shu erda. Osiyo kubogi boshqa turnir, undagi natijaning qadri ham o‘zgacha edi. O‘shanda penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldik, uni lotoreyaga qiyoslash mumkin. Ertangi bahsda esa Jahon chempionatiga chiqish uchun harakat qilamiz.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 uchinchi saralash bosqich 5-turidan o‘rin olgan Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da start oladi. Hozirda Srechko Katanets qo‘l ostidagi terma jamoamiz 10 ochko jamg‘argan holda Eron bilan "A" guruhida 1- va 2-o‘rinlarni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Baha Surhon
13/11/2024 20:19
Qatarliklar nomardlikham qiladi qizil kartochkaga ham ehtyot bulish kk 5ta himoyachi bilan uynash kk qatarliklar borini berishi aniq mazmunli uynash kk emas natija kk
Imomali
13/11/2024 21:41
Бизнинг футболчилар кучлиги лекин Катар БУ хатар пули куп судяларга осилмаса булгани