Otabek Shukurovga Turkiyaning boshqa bir klubi qiziqish bildirmoqda
Yaqindagina "Fotih Karagyumryuk" bilan xayrlashib, erkin agentga aylangan Otabek Shukurov Turkiyada qolishi mumkin. Unga Turkiya birinchi ligasining "Kojaelispor" klubi qiziqish bildirmoqda deya xabar berdi, jurnalist Umut Karagoz.
"Kojaelispor" turnir jadvalida "Eyupspor"dan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda. Klub Turkiyaning asosiy chempionatiga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, Shukurov 2022 yili yozda ushbu mamlakatga ko‘chib o‘tdi. Shuningdek, yarim himoyachi "Fotih Karagyumryuk" tarkibida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi.



Fikrlar