
O‘tgan mavsumda eng ko‘p mukofot puli olgan klublar aniqlandi
2022-yilda eng ko‘p mukofot pulini qo‘lga kiritgan Evropa klublari reytingi tuzildi.
"AP News" nashri xabariga ko‘ra, birinchi o‘rinni "Real" Madrid egalladi. "Qirollik klubi" ning mukofot jamg‘armasi 133,7 million evroni tashkil qildi.
Ikkinchi o‘rinni Angliyaning "Liverpul" jamoasi egalladi. Mersisaydliklar o‘tgan yili 120 million evro bilan mukofotlandi. Keyingi o‘rinlarni "Bavariya" (110 million), "Manchester Siti" (109 million) va "Chelsi" (92 million) egalladi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan edi. Final uchrashuvida Karlo Anchelotti shogirdlari "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar