Qimmat yulduz bizga kerakmas!

  • 10 aprel, 2022, 21:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” yarim himoyachisi Tangi Ndombelening keyingi paytda ishlari yurishmayapti. Frantsiyalik qimmatbaho futbolchi 2019 yili Londonga kelganidan beri “shporlar”ning asosiy o‘yinchisiga aylana olmadi.

Tecno

Londonliklar bu futbolchi uchun o‘z tarixidagi rekord summa – 63 million evrodan ko‘proq pul sarflagan edi.

Bir necha murabbiy ishonchini oqlay olmagan futbolchiga Antonio Konte ham imkonbermadi. Qishda Tangi o‘zini tarbiyalagan “Lion”ga ijaraga berilgandi. Biroq, Ndombelening harakatlari Frantsiya chempionatida ham hech qanday samara bermadi.

“Lion” rahbariyati qimmatbaho futbolchini to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi. Endi Tangi mavsum tugashi bilan Angliyaga qayti b, o‘ziga yangi jamoa qidiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!