
O‘yin "An-Nasr" yutmaguncha tugamaydi: Riyodliklar qo‘shib berilgan daqiqalarda 3 ta gol urib, autsayderni mag‘lub etdi
Saudiya Arabistoni chempionati 19-turidan o‘rin olgan "An-Nasr" va "Al-Batin" jamoalari o‘rtasidagi bahs nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Qushib berilgan daqiqalarda G‘arib, Al Fatil va Maran gol urib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi. To‘liq harakat qilgan Krishtianu Ronaldu samarali harakat amalga oshirmadi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yindan keyin riyodliklar 46 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Fikrlar