
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida almashtirilgan Shomurodov qanday statistika qayd etdi?
Xabaringiz bor, Italiya A Seriyasining 33-turidan o‘rin olgan bahsda "Roma" "Verona" bilan to‘qnash kelib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu bellashuvni milliy terma jamoamiz sardori hisoblangan Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardan boshlab, 4-daqiqada hisobni ochdi. Mazkur gol esa uchrashuv taqdirini hal qilgan holda, rimliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.
Hamyurtimizning bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etgan statistikasi bilan batafsil tanishing:
Daqiqa - 82
Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 1/1
Dribling urinishlari – 0/5
To‘pga teginishlar soni - 34
Uzatmalar aniqligi - 15/17 (88%)
Keskin uzatmalar - 0
Uzoq masofaga uzatmalar – 0/1
Yakkakurashlar – 1/7
Ikkinchi qavatdagi kurashlar - 1/6
Qoida buzarliklari – 1
Unga nisbatan qoida buzilishi – 1
To‘p tortib olish – 0
XG - 0.99
Shomurodov ushbu harakatlari bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lib yakunlandi.
Fikrlar