
O‘ynashni eplolmagan futbolchini to‘rt klub talashyapti
Braziliyalik yarim himoyachi Duglas Luis bir yil muqaddam Angliya Premer-ligasini tark etib, katta umidlar bilan “Yuventus”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Turinliklar 27 yoshli futbolchi uchun “Aston Villa”ga 51,5 million evro miqdorida badal puli to‘lagandi. Biroq bu transfer o‘zini oqlamadi.
Duglas Luis “Yuventus”ning asosiy tarkibiga kira olmadi. Barcha turnirlarda 27 marotaba maydonga tushgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda 877 daqiqa o‘ynadi va birorta samarali harakatni amalga oshirgani yo‘q.
Bu o‘yinchi muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasa, kelasi yili jahon chempionatida ishtirok etadigan Braziliya terma jamoasidan chaqiruv olmaydi.
Italiya futboliga moslasha olmagan yarim himoyachini Angliyaga qaytarmoqchi bo‘lgan klublar bor. Ayni paytda “Manchester Yunayted”, “Nottingem Forest”, “Fulxem” va “Lids” Turin superklubidan Duglas Luisning transfer ma’lumotlarini so‘ragan. Italiyaliklar bu o‘yinchini to‘liq sotib yubora olmagan taqdirda, ijaraga berishga variantini qo‘llamoqchi.
Fikrlar