Ozarbayjon hukumati Mxitaryanning Bokudagi xavfsizligini ta’minlashga va’da bermoqda

  • 18 may, 2019, 16:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ozarbayjon futbol federatsiyasi bosh kotibi Elxan Mamedov “Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryanning Bokuda bo‘ladigan Evropa ligasi finali vaqtida xavfsizligini to‘liq kafolatlanishini aytdi.

Tecno

“Bizning hukumatimiz UEFAga Boku shahrida o‘tkaziladigan final uchrashuvida “Arsenal” futbolchisi Genrix Mxitaryanning xavfsizligini to‘liq kafolatlashini bildirgan. “Arsenal” finalga chiqmasdan turib biz UEFAdan bu borada ko‘rsatma olganmiz. Bizning davlat idoralari futbolchining xavfsizligini ta’minlash uchun barcha choralarni ko‘radi”, - deydi Mamedov.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Mxitaryan Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida yuzaga kelgan siyosiy mojarolar sabab Bokudagi finalni o‘tkazib yuborishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Arsenal” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi hal qiluvchi bahs 29 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!