Ozarbayjonlik murabbiy o‘zbek bokschilarning Tokio Olimpiadasidagi imkoniyatiga baho berdi

  • 04.03.2020 21:30
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Garib Orudjev nomi Ozarbayjon boks olamida tez-tez tilga olinib turadi. Chunki u o‘z vaqtida havaskor yo‘nalishda bir necha marta mamlakat chempioni bo‘lgan, Evropa chempionatida ikki bor ishtirok etgan. Qolaversa, xalqaro turnirlarda ham yaxshi natijalar ko‘rsata olgandi. Hozirda professional yo‘nalishda bir qator shogirdlari o‘z faoliyatini olib bormoqda.
U bir necha marotaba O‘zbekistonga ham tashrif buyurgandi. Sababi yurtimizda bo‘lib o‘tgan professional boks oqshomlarida uning shogirdlari ringga ko‘tarilgandi. Shuning uchun u o‘zbek boksi hamda bokschilari haqida yaxshigina ma’lumotga ega.
Shuni inobatga olib u bilan qisqacha suhbatda bo‘ldik. Quyida ushbu intervyuni e’tiboringizga havola etamiz.
- Assalomu alaykum.
- Vaalaykum assalom.
- Bugun siz bilan saytimiz uchun biroz suhbat qurish niyatida edik.
- Juda ham xursand qildingiz.
- O‘zbekistonga tez-tez tashrif buyurasiz. Demak, mamlakatimiz professional boks olamidagi insonlar bilan do‘stona munosabatga egasiz?
- Albatta. Avvalo, yurtingiz boksini rivojida G‘ofur Rahimovning hissasi kattaligini ta’kidlab o‘tishni istardim. U nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyoda ushbu sportni o‘z o‘rniga ega bo‘lishida xizmati singgan.
Shubhasiz, do‘stlarim bor. Nabijon Ismonov, Zufar Sulaymonov va Nodirbek Najmiddinovlar bilan juda qadrdonmiz.
- O‘z vaqtida yaxshi bokschi bo‘lgansiz. Balki, faoliyatingiz mobaynida o‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari bilan to‘qnash kelgandirsiz?
- Ha. 2001 yil "Buyuk ipak yo‘li" turnirida to‘qnash kelganmiz. U 2000 yil Sidney Olimpiadasida 81 kg vaznda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Biz u bilan 91 kgda jang qilganmiz. Hozir ism-sharifi yodimdan ko‘tarilibdi.

Garib
- Sergey Mixaylov...
- Huddi o‘zi.
- Jang natijasi qanday bo‘lgandi?
- To‘g‘risi, men o‘sha vaqtda o‘z vazn toifamda harakat qilmagandim.
- Tushunarli... Balki Mixaylovning saviyasi qanday ekanligi yodingizdadir?
- Uning qanday bokschi ekanligini natijalari ham aytib turibdi. Lekin u bilan juda qiziqarli jang bo‘lgandi.
- O‘zbek professional boksi haqidagi taassurotlaringiz qanday?
- Faqat ijobiy fikrlar bildirish mumkin. Ikki yo‘nalishda chempionga ega bo‘lganinglar ham buni isboti desam, yanglishmagan bo‘laman. Bu borada jiddiy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, juda kuchli havaskor boks maktabi professional yo‘nalishda ham asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Yana shuni aytish mumkinki, yurtingizda havaskor hamda profi boksni rivojlantirish uchun juda katta jamoa mexnat qilyapti.
- Ozarbayjonda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
- Professional boks borasida yosh mamlakatlardan birimiz. Chunki bu yo‘nalishda ish boshlanganimizga endigina uch yil, federatsiya ochilganiga esa uch oy bo‘ldi. Mexnat qilishda davom etmoqdamiz. O‘ylaymanki, tez orada natijalar ham yaxshilanadi.
- Nufuzli musobaqalarda ozarbayjonlik dzyudo, erkin va yunon-rum kurashi vakillari ajoyib natijalar qayd etishadi. Ushbu sport turlari mamlakatingizda boksga nisbatan ommaviyroqmi?
- Bu yakkakurash turlari Sobiq Ittifoq davridan buyon milliy sport turlarimiz darajasida o‘z o‘rniga ega. Boksni yanada rivojlantirish uchun to‘g‘ri yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish kerak. Ozarbayjonning barcha hududlarida boks bo‘yicha kuchli BO‘SMlar faoliyat yuritishi kerak deb o‘ylayman.

- Kubalik Sotomayorni mahalliylashtirishga munosabatingiz qanday?
- Bu men uchun ham juda og‘riqli holat. Aslida, legionerlarni jalb qilish boksni rivojlantiradi degan fikrda emasman.

-2019 yil oktyabr oyida Elvin Oxunzoda Toshkentda jang qildi. Garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, muxlislarda yomon taassurot qoldirmadi. U ham sizning shogirdingizmidi?

- Elvin bilan yaxshi munosabatdaman. Unga yordam berishga harakat qilaman.

- Tokio Olimpiadasida qaysi hamyurtingizdan yaxshi natija kutmoqdasiz?
-Bunday katta turnirlarda har qanday bokschi o‘zini ko‘rsatishi mumkin.

- Ushbu Olimpiadada ham o‘zbekistonlik bokschilar etakchilikni saqlab qola oladimi?
- 100% ular etakchi bo‘ladi. Bu borada ularga omad tilayman!

- Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.

- Rahmat.

Garik

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alixujaev
05/03/2020 11:57
Сергей Михайлов гарчанд рус булса-да, узбекчани узбеклардан яхши биладиган жуда кучли техникага эга боксчи эди. 2000йили ярим финалда жуда ёш Сергей рус афсонаси тажрибали Лебзякка жиддий каршилик курсата олган. Олимпиададан кейин, Лебзяк боксдан кетишини айтган, ва ундан кейин уни вазнида айнан Сергей энг зур булишини тахмин килган. Лекин, бизда баъзи амалдорларни касрига Сергейни кейинги йилларда умуман боксга якинлаштиришмади.