Supergol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi?

  • 27 noyabr, 2024, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abbosbek Fayzullaev o‘ynayotgan TsSKA klubi Rossiya kubogi musobaqasining yarim finaliga yo‘llanma oldi.

“Armiyachilar” chorak finalda “Rubin”ga to‘qnash keldi. Qozondagi birinchi uchrashuvda hisob ochilmagan edi. Moskva shahri mezbonlik qilgan javob o‘yinida TsSKA futbolchilarini to‘xtatib bo‘lmadi va ular bellashuvning 20-daqiqasidan boshlab, jami 18 daqiqa ichida uchta to‘p kiritdi va yarim final yo‘llanmasi masalasini hal qilib qo‘ydi.

G‘alabaga Abbosbek Fayzullaev juda katta hissa qo‘shdi. Faol o‘ynagan legionerimiz 30-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urdi. Mahorat bilan juda murakkab zarba yo‘llab, to‘pni darvozaga joylab qo‘ygan hamyurtimiz bu goli orqali uchrashuv taqdirini hal qilib qo‘ydi.

Qolgan ikki gol Kellven va Tamerlan Musaev hissasiga to‘g‘ri keldi.

Abbosbek Fayzullaev 72 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa-da, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi va maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Bellashuvdan keyin futbol mutaxassisi Valeriy Masalitin uchrashuv va o‘yin qahramoni Abbosbek Fayzullaev haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Umuman olganda, natija meni qoniqtirdi. Qiziqarli vaziyatlar bo‘ldi, lekin “armiyachilar” o‘yinida aytarli o‘sishlar ko‘ringani yo‘q. Ular juda ko‘p keraksiz va oddiy xatolarga yo‘l qo‘yyapti. “Rubin” futbolchilari zarbasi darvoza ustuniga tekkan vaziyat bo‘ldi, unda yigitlar juda bo‘sh o‘ynadi va raqibni ushlab qola olmadi.

Abbosbek Fayzullaev juda yaxshi o‘ynadi, u o‘zi ko‘nikkan yuqori darajadagi o‘yinini namoyin qildi. Ayniqsa, juda chiroyli gol urdi, bir-ikki harakat bilan to‘pni darvoza to‘riga aniq joylay oldi, - dedi Valeriy Masalitin.

Ta’kidlash joizki, Abbosbek Fayzullaev Parij Olimpiadasidagi ishtirok tufayli TsSKAning mavsumoldi yig‘inlarida to‘liq qatnasha olmagan va yozda deyarli dam olib, kuch to‘play olmagan edi. Shu bois, uning o‘yinida chempionat boshida pasayish kuzatildi va legionerimiz tanqidlarga nishon bo‘lgandi.

Biroq keyinchalik  21 yoshli hujumkor futbolchimiz yana sport formasini to‘liq tiklab oldi va TsSKAga assistlari va gollari bilan foyda keltirishni boshladi. Bugungi kunda “armiyachilar”ning oldingi chiziqdagi muvaffaqiyatlari ko‘proq hamyurtimizning o‘yiniga bog‘lanib qolgan.

Fayzullaev joriy mavsumda Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasidagi uchrashuvlarda jami 21 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va oltita assist ramiylashtirib qo‘ydi.

Ayni paytda transfermarkt.world portali o‘zbek legionerini 6 million evroga baholamoqda. Ushbu portal transfer summasi ma’lumotlarini yana yangilasa, Abbosbek Fayzullaevning narxi ko‘tarilishi kutilyapti. Legionerimiz hozirning o‘zida Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.  

Evropa superklubi Husanov transferi bo‘yicha ish boshladi. Yanvarda yangilik bo‘ladimi?

Katta pul kerak: Husanov “Lans”ni qutqaradimi?

Fayzullaev, Ispaniyani tanla!

“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!