
O‘zbek bokschilari zo‘rligini isbotlamoqda
Rossiyada neft qazib oluvchi davlatlar ishtirokida boks bo‘yicha jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘n to‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun kurashmoqda. Musobaqa ishtirokchilari orasida jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan bokschilarning ko‘pligi bellashuvlarning keskin va murosasiz o‘tishiga xizmat qilayotir.
Nufuzi turnirda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschilardan besh nafari o‘z vazn toifasida yarim finalga yo‘llanma oldi. Vazni 56 kilogramm bo‘lgan bokschilar bellashuvida Mirazizbek Mirzaxalilov qozog‘istonlik Asilxon Uzoqboev, ozarbayjonlik Umid Rustamovni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
64 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan Iqboljon Xoldorov belaruslik Vazgen Safaryants va rossiyalik Bekmirza Ilyosovdan ustun keldi.
Shuningdek, Mironshoh Ibrohimov ozarbayjonlik Araz Imomalievni, Isroil Madrimov moldovalik Viktor Korobtseskiyni, Ulug‘bek Mubinov latviyalik Aleksandras Baranovasni mag‘lub etib, finalga chiqish uchun kurashadigan bo‘ldi.
Fikrlar