O‘zbek bokschisi yoshlar o‘rtasidagi WBC jahon chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin

  • 24 iyul, 2020, 22:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning birinchi o‘rta vazn toifasida (69, 853 kg) o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan yosh hamyurtimiz Ravshan Maxammatjonov yoshlar o‘rtasidagi WBC jahon chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin.

Tecno

Ushbu bokschimizning murabbiyi Zufar Sulaymonovning saytimizga ma’lum qilishicha, bu borada muzokaralar davom etmoqda. Uning raqibi ukrainalik Vladimir Gordienko bo‘lishi kutilmoqda. 20 yoshli ukrainalik charmqo‘lqop ustasi faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan. Bir bora mag‘lubiyatga uchragan. 3 marta raqiblarini nokaut holatiga tushira olgan.

21 yoshli hamyurtimiz esa, 10 marotaba ringga ko‘tarilib, barchasida g‘alabaga erishgan. 7 bora raqiblarini nokautga uchratgan. Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, yoshlar o‘rtasidagi ushbu titul uchun 24 yoshga qadar bo‘lgan va rekordi yaxshi ko‘rinish olgan bokschilar jang olib borishi mumkin. Mazkur jang qachon va qaerda bo‘lishi tez orada ma’lum bo‘ladi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!