
O‘zbek chempioni super jangda ishtirok etadi yoxud Almatida "King of Kings" turniri bo‘ladi
23 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan K-1 hamda MMA bo‘yicha KOK (King of Kings) turniri bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati ushbu musobaqada -71 kg vazn toifasida yurtdoshimiz, muaytay bo‘yicha jahon chempioni Bobur Tagiev super 8 talik jangda ishtirok etadi. Ya’ni ushbu turnirda 8 ta saralangan ishtirokchilar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ladi. Ularning 4 tasi K-1 yo‘nalishida 4 tasi esa MMA bo‘yicha bo‘ladi.
Yana shuni qo‘shimcha qilish lozimki, mazkur turnirning bosh hakamiligiga hamyurtimiz Nuriddin Badruddinov taklif qilingan. Qolaversa, Mansur Tugizboev ham referi sifatida ishlaydi.
Fikrlar