O‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan murabbiy legionerlarimiz to‘p surayotgan jamoani boshqaradi

  • 14 iyul, 2020, 00:02
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston chempionatida birinchi davra bahslari yakunlandi. Kuni kecha to‘rt nafar hamyurtimiz to‘p surayotgan “Xo‘jand” klubida bosh murabbiy o‘zgardi. Bunga qadar ushbu lavozimda ishlab kelgan serbiyalik Nikola Lazarevich bir oy vaqt davomida betobligi sababli vataniga ketgandi. Qolaversa, pandemiya tufayli ham u Tojikistonga qayta olmayotgandi. Natijada “Xo‘jand” rahbariyati bosh murabbiylikka o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Hakim Fuzaylovni tayinladi.

Xabaringiz bo‘lsa, Hakim Qayumovich o‘z vaqtida yurtimizda ishlagan holda “Buxoro”, “Dinamo”, “Andijon” hamda “Lokomotiv” klublarini boshqargan. Endi esa faoliyatini “Xo‘jand”da davom ettiradi. Yaqinda esa uning ukasi – Rahmatillo Fuzaylov “Kuktosh” jamoasidan iste’foga chiqarilgani haqida xabar bergandik.

Aytish mumkinki, “Xo‘jand” birinchi davraning oxirgi turida “Dushanbe-83” jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Xo‘jandliklar safida esa Ma’mur Ikromov, Sanjar Rixsiboev, Siroj Hamroev va Andrey Sidorov singari hamyurtlarimiz to‘p surishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, Hakim Qayumovich yangi jamoasi bilan ikkinchi davraga tayyorgarlik ishlarini boshlab yuborgan. Birinchi davradan so‘ng "Xo‘jand" chempionatda 2-o‘rinni egallab turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!