
O‘zbek sporti tarixida yangi sahifa ochildi: Osiyo o‘yinlaridagi eng yaxshi natija qayd etildi!
Ertaga 8 oktyabr kuni Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining so‘nggi kuni. Quvonarlisi, musobaqa yakunlanib ulgurmasidan O‘zbekiston delegatsiyasi medallar soni va sifati bo‘yicha Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Hozirda delegatsiyamiz hisobidagi medallar 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza, umumiy 71 tani tashkil etmoqda.
Ta’kidlash kerakki, delegatsiyamizning Osiyo o‘yinlaridagi shu paytgacha qayd etgan eng yaxshi natijasi 2018 yil Indoneziyada o‘tgan musobaqada qo‘lga kiritilgan edi. O‘shanda delegatsiyamiz 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 69 ta medalga sazovor bo‘lgan. Bu safar esa ushbu medallar rekordi ham son, ham sifat jihatidan yangilandi.
Fikrlar
Yangi Òzbekiston olĝa