O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi

  • 01.11.2019 10:33
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bilasiz, 14 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati saralashi doirasida o‘z maydonida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Oldinroq xabar berganimizdek, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish va bu orqali chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Ishqibozlar endilikda vaqtlarini ketkazmay, stadion kassalarida uzundan-uzun navbatlarda turmasdan, uydan chiqmagan holda ham elektron shaklda chiptalar harid qilishlari mumkin. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Ayni paytda muxlislar mazkur uchrashuv chiptalarini 3 xil toifada harid qilishlari mumkin:

1-toifa – 15 000 so‘m;

2-toifa – 25 000 so‘m;

CIP – 35 000 so‘m.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shaxboz Bekmurodov
01/11/2019 13:27
Navbahor1:1 NASAF o‘yindan sung, Namanganliklar NASAF o‘yinchilarini qarsaklar bilan kuzatib qo‘yishibti ekan o‘yinni telivezordan olib bermadi NASAF rasmiy sayitida bu haqda habar keldi, Namanganliklarni bu ishi taxsinga sazovar hamma Navbahor muhlislariga Qashqadaryodan alangalik salom raxmat sizlarga
Низомтой Эргашев
01/11/2019 10:57
Нарх коникарли менимча