O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

  • 12 noyabr, 2019, 16:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Tecno

Mazkur uchrashuvni yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘yin bosh hakami – Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari – Hiroshi Yamauchi hamda Jun Mihara yordam berishadi. Zaxira hakami – Yudai Yamamoto.


O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni

Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya).

Yordamchi hakamlar: Hiroshi Yamauchi (Yaponiya), Jun Mihara (Yaponiya).

Zaxira hakami: Yudai Yamamoto (Yaponiya).

Nazoratchi: Omar Musa Xalaf Abu lum (Iordaniya).

Komissar: Mohd Sayfiddin Abu Bakar (Malayziya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!