O‘zbekiston - Argentina o‘rtoqlik uchrashuviga kirish bepul qilib belgilandi
Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda amaldagi jahon chempionlari Argentina terma jamoasi ishtirokida o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etmoqda.
Bugun "O‘zbekiston" sport majmuasida futzalchilarimiz Argentinaga qarshi navbatdagi bahsda maydonga tushib keladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘yinni bevosita arenaning o‘zidan tomosha qilib, yurtimiz vakillarini qo‘llab-quvvatlash istagida bo‘lgan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida o‘yinga kirishni bepul qilib belgilashga qaror qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Muxlislar soat 17.30 dan boshlab "O‘zbekiston" sport majmuasiga tashrif buyurishlari mumkin. Sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish so‘raladi.
O‘zbekiston - Argentina
03.02.2021
18.30
"O‘zbekiston" Sport Majmuasi, Toshkent

Fikrlar