
O‘zbekiston - Iordaniya: Matnli translyatsiya
Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in o‘tkazayotgan milliy terma jamoamiz Iordaniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik bellashuvida maydonga tushadi. Ushbu sahifada o‘yinni matnli translslyatsiya tarzida kuzatib borishingiz mumkin. Uchrashuvdagi qiziqarli vaziyatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi.
90. Uchrashuv yakunlandi. Matnli translyatsiyani Abdulvosid Valixonov olib bordi.
90+: Asosiy vaqtga 1 daqiqa qo‘shib berildi.
87. O‘yin vakillarimiz nazoratida o‘tmoqda.
84. Abduxoliqov yana bir vaziyatga ega bo‘lgandi. Darvozabon yaxshi harakat qildi.
82. Futbolchilarimiz hujumda ancha faollashdi.
80. Vagiz Galiulinning jarima maydoniga uzatgan to‘piga Abduxoliqov ozgina eta olmadi.
79. Galiulin to‘pni to‘xtata olmadi.
78. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Bozorov darvozabonni ham aldab o‘tib, Abduxoliqovga to‘pni etkazib berdi. Ochiq darvozaga Temurxo‘ja to‘pni joylab qo‘ydi.
76. Iordaniya to‘pni to‘liq nazorat ostiga olgan.
73. Jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Ne’matov egallab oldi.
71. To‘pni iordaniyaliklar egallab turibdi.
69. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLL!!! Husniddin G‘ofurov hisobni ochdi. Chiroyli tarzda tashkil etilgan hujumni G‘ofurov ajoyib tarzda darvozaga yo‘lladi.
67. Temurxo‘ja o‘zi tomon kelayotgan to‘pga zarba bera olmadi.
65. Hojimat Erkinov o‘rniga Husniddin G‘ofurov maydonga tushdi.
63. Al Naymadning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi ancha xavfli chiqdi. Birozgina noaniq.
63. Iordaniyaning hujumi zarba bilan yakunlandi. Xayriyatki, noaniq.
61. Xolmuhammedov to‘pni to‘xtatishda kichik xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada, hujum barbod bo‘ldi.
60. Hujumlarimiz zarbagacha etib bormayapti.
59. To‘p nazoratini vakillarimiz o‘zida ushlab turibdi.
59. Qobilov o‘zi qilgan xatoni yopib keta oldi.
58. Iordaniya terma jamoasi jarima maydonimizda yotibdi. Tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
57. Bozorov sal bo‘lmasa birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Himoyachi so‘nggi pallada vaziyatni bartaraf etdi.
55. O‘yin kichik pauzadan so‘ng davom ettirilmoqda.
54. Iordaniyalik futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
52. Erkinov jarima maydoniga kirib bordi. Sheriklariga to‘pni uzatish imkoni bor edi. Ammo Hojimat zarba berishni ma’qul topdi. Darvozabon to‘pni qaytardi.
51. Iordaniyaning qarshi hujumi xavfli chiqdi. Akrobatik uslubda berilgan zarba biroz noaniq ketdi.
50. Terma jamoamiz raqib jarima maydoni atrofida bosim uyushtirmoqda.
49. Hamrobekov jarima maydoni tashqarisidan biroz noaniq zarba yo‘lladi.
48. Galiulinning ilk zarbasi biroz noaniq ketdi.
46. Alijonov, Mozgovoy, Turg‘unboev o‘rniga Xolmuhammedov, Galiulin va Bozorov maydonga tushdi.
46. Ikkinchi taym boshlandi. Bir qator o‘zgarishlar bo‘ldi.
45. Tanaffus.
45. Turg‘unboevga uzatilgan to‘pni Al-Arab maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Ajoyib qarshi hujum barbod bo‘ldi.
42. Iordaniya terma jamoasi burchak zarbasini chiroyli kombinatsion tarzda tashkil etdi. Ne’matov yaxshi harakat qildi.
40. O‘yin, asosan, maydon markazida kechmoqda.
38. Hujumchilarimiz faollashdi.
36. Turg‘unboevning reydi so‘nggi pallada to‘xtatib qolindi.
35. Iordaniya hujumi noaniq zarba sabab uzilib qoldi.
34. Burchak zarbasi biz uchun besamar yakunlandi.
33. Jarima maydoniga uzatilgan yana bir to‘p himoyachilardan biriga tegib, maydonni tark etdi.
31. Iordaniya darvozaboni jarima maydoniga uzatilgan to‘pni ushlab oldi.
30. Hamrobekov raqib qarshi hujumiga imkon bermadi.
28. Raqib futbolchisining o‘ng qanotdan uyushtirgan reydi To‘xtaxo‘jaev tomonidan qaytarildi.
26. Jarimadan uzatilgan to‘p bizga naf keltirmadi. Raqib qarshi hujumi ham tezda to‘xtatildi.
24. Jarima zarbasiga egamiz.
22. Ne’matov o‘z vaqtida to‘pga chiqib kelib, raqib hujumini to‘xtatdi.
20. O‘yin asosan, maydon markazida kechmoqda.
18. Yo‘ldoshevga uzatilgan to‘p biroz kuchli chiqdi.
18. O‘zbekiston to‘pni nazorat qilmoqda.
16. Qobilov raqib hujumini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.
14. Abduxoliqov o‘z manziliga uzatilgan to‘pga etib bora olmadi.
12. Iordaniyalik futbolchi agressiv harakat uchun qizil kartochka oldi. Abduxoliqov uni ushlab qolishga harakat qilgani uchun ogohlantirildi. Raqib futbolchisi uning yuziga zarba berib yubordi.
11. Darvozamiz oldida xavfli vaziyat. Xayriyatki, uzatmaga zarba beruvchi qizil kiyimli futbolchi topilmadi.
10. Terma jamoamiz to‘pni orqa chiziqda nazorat qilyapti.
9. To‘xtaxo‘jaev himoyada ishonchli o‘ynadi. Tajribali futbolchimiz raqib hujumini osonlikcha zararsizlantirdi.
9. Turg‘unboev manziliga uzatilgan to‘p biroz noaniq ketdi. Aziz to‘pga etib bora olmasdi.
8. Iordaniya to‘pni nazoratiga oldi. Vakillarimiz faol pressing amalga oshirmoqda.
7. Raqib futbolchisi jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi. To‘p oyoqqa moslashmadi va maydonni tark etdi.
6. Raqibning bosh bilan bergan zarbasi kuchsiz chiqdi. Ne’matov to‘pni xotirjam ushlab oldi. Jamoamiz hujumini tashkil etish zarur.
4. Dastlabki ikkita hujumimiz zarbagacha etib bormadi.
3. Alijonovning jarima maydoniga to‘pni uzatishiga iordaniyaliklar imkon bermadi.
1. Dastlabki daqiqani to‘pni nazorat qilish bilan o‘tkazdik.
1. O‘yin boshlandi.
17:57: Jamoalar maydonda.
17:55: Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar, sport ixlosmandlari. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay yig‘ini doirasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvida Iordaniya bilan o‘yin o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvni Abdulvosid Valixonov matnli translyatsiya tarzida e’tiboringizga havola etadi.
Fikrlar