
O‘zbekiston - Kamerun: Uchrashuvni JONLI EFIRda tomosha qiling (videotranslyatsiya)
Bugun O‘zbekiston va Kamerun terma jamoalari FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Janubiy Koreya mamlakatida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan jamoalar Koyan shahridagi stadionda to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Mazkur qarama-qarshilik O‘FAning "YouTube"dagi rasmiy sahifasi orqali jonli efirda translyatsiya qilinadi.
Fikrlar