
O‘zbekiston - Kosta-Rika. Matnli translyatsiya. LIVE!
Voqealardan onlayn xabardor bo‘lish uchun sahifani yangilab turish tavsiya etiladi
O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston - Kosta-Rika 1:0
Gol: Eldor Shomurodov 26
O‘YIN YaKUNLANDI. O‘zbekiston - Kosta-Rika 1:2. Yaxshi o‘yin ko‘rsatgan vakillarimiz o‘yin oxirida biroz bo‘shashdi va ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubordi hamda mag‘lubiyatga uchradi.
90+2. Afsus! Kosta-Rika o‘yin oxirida ikkinchi golni ham kiritdi va tabloni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi
90+1. Gol! Kosta-Rika hisobni tenglashtirdi. Ernandes hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi
90. O‘yinning ikkinchi bo‘limiga 3 daqiqa qo‘shib berildi
86. So‘nggi daqiqalarda raqib biroz jonlanib qoldi. Lekin hozircha Kosta-Rikaning hujumi samarasiz yakunlanmoqda
83. Futbolchilarimiz raqibni to‘psiz o‘ynashga majbur qilmoqda
80. Hamrobekov uzoq masofadan zarba yo‘lladi. Noaniq!
76. Raqibning hujumlari yaxshi ko‘rinish olmayapti. Hozircha ular faqatgina uzoqdan zarba yo‘llash bilan cheklanmoqda. Bu esa himoya chizig‘imizning yaxshi o‘ynayotganidan dalolat beradi.
72. O‘zgarish. Shomurodov, Nasrullaev va Sobirxo‘jaev maydonni tark etdi. Ularning o‘rniga esa Sergeev, Mozgovoy va Sayfiev tushdi
70. Shukurov Sobirxo‘jaevning uzatmasidan keyin gol urishi mumkin edi. Biroq rekoshet to‘p harakatini o‘zgartirib yubordi. Burchak zarbasidan esa unumli foydalana olmadik
68. O‘ng qanotdan Bozorov va Alijonov yaxshi hujum uyushtirdi. Yakuniy zarba esa biroz kuchsiz chiqdi.
65. Shomurodov uzoqdan zarba yo‘lladi. Kruz o‘z o‘rnida
62. Hozirda O‘zbekiston terma jamoasining har ikki qanoti ham zo‘r ishlamoqda. Umuman olganda, vakillarimiz juda tartibli o‘yin ko‘rsatmoqda. Albatta, bu quvonarli holat
58. O‘zgarish! Oybek Bozorov va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev maydonga tushdi. Ular Turg‘unboev va Erkinov o‘rniga harakat qiladi
55. Ux! Eldor Shomurodov hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘yishi mumkin edi. Biroq uning zarbasi biroz noaniq. To‘p darvoza ustuni oldidan o‘tib ketdi
53. Ikkinchi taymni Kosta-Rika biroz faolroq boshladi. Ammo hozircha ular aniq zarba yo‘llay olmayapti
50. Umar Eshmurodov jarohat oldi. Shifokorlar maydonga tushdi va unga tibbiy yordam ko‘rsatdi. Futbolchi o‘yinni davom ettirmoqda
45. Qadrli do‘stlar, O‘zbekston - Kosta-Rik jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning ikkinchi taymi boshlanmoqda
45. Birinchi taym yakunlandi. Hisob hozircha 1:0.
44. Birinchi taymga 1 daqiqa vaqt qo‘shib berdi.
43. Alijonov yana bir hujum tashkillashtirishga harakat qildi. Biroq raqib himoyachisini uning harakatlarini o‘qiy oldi
39. Raqib hujum hujum uyushtira olmayapti. Shu bois, ular ko‘proq uzoqroqdan zarba bermoqda
36. Ustunlik biroz terma jamoamizga o‘tdi. Vakillarimiz ketma-ket xavfli hujum uyushtirishdi
29. Shomurodov o‘zining dublini nishonlashi mumkin edi. Ammo darvozabonni hujumchimizning oyoqlari to‘pni olib qo‘ydi
26. Shomurodov raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va hisobni ochdi
26. Gooooooooooooooool. Eldor Shomurodov.
22. Husniddin Aliqulovning bosh bilan yo‘llagan zarbasi biroz noaniq bo‘ldi
20. Kosta-Rikaning ikki futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan edi. Ammo Umar Eshmurodov hujumni zararsizlantirdi
16. Hojimat Erkinovning yozlg‘iz o‘zi o‘ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga kirib bordi. Ammo zarba berish pozitsiyasigacha etib bora olmadi. Hozircha vakillarimiz to‘p nazoratini qo‘lga olmoqda
13. Shomurodov maydon markazidan reyd amalga oshirdi
10. Aziz Turg‘unboev chap qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga to‘p uzatib berdi. Biroq to‘pni raqib darvozaboni ushlab oldi
09. O‘zbekiston terma jamoasi hujumi xavfli ko‘rinish olishi mumkin edi. Lekin bir futbolchimiz ofsaydda qolib ketdi
07. O‘yindan oldin Kosta-Rika to‘p nazoratini raqibga berib, ko‘proq qarshi hujumda harakat qiladi deya fikr bildirgan edik. Ammo hozircha KONKAKAF vakillari O‘zbekistondan ko‘ra yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda
03. Dastlabki zarba. Darvozabonimiz O‘tkir Yusupov o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Hozircha to‘p narzorati biroz raqib tomonda
01. O‘yin boshlandi
00. Madhiyalar yangradi. Endi o‘yin boshlanadi
00. Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda. Hozirda har ikki jamoa madhiyasi stadion uzra yangraydi.
00. Assalom-u alaykum, qadrli futbol ihlosmandlari. Yana birozdan so‘ng O‘zbekiston - Kosta-Rika o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi boshlanadi. Ushbu o‘yinni matnli translyatsiyasini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin
Fikrlar