
O‘zbekiston - Qirg‘iz Respublikasi: Uchrashuvni kim sharhlaydi?
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan o‘ynaydi. "Sport" kanalida efirga uzatiluvchi mazkur bellashuvni Davron Fayziev va Xayrulla Hamidov birgalikda sharhlab boradi.
"Jahon chempionati yo‘lida har bir o‘yin finaldir. Bugun Qirg‘iz Resrublikasi bilan ham qattiq kurash bo‘ladi. Qo‘shnilar kim bilan va qanday futbolchilarga qarshi o‘ynayotganini yaxshi bilishadi va shunga yarasha reja bilan kelishgan. Agar yopiq o‘ynashsa individual harakatlar hamda vaziyatlardan foydalanish samaradorligi hal qiladi. Yuzma-yuz chiqishsa jamoaviy futbol va bosim bilan hal etishga urinamiz, nasib qilsa!
Tayyorgarlik jarayoni qiziq kechdi, shu va boshqa ma’lumotlar haqida sharhda to‘xtalamiz. Bugun Sport telekanalida Xayrulla aka bilan ishlaymiz. Ko‘rmay iloji yo‘q bo‘lgan o‘yinda ko‘rishamiz", - deya o‘z telegramm kakalida xabar berdi Davron Fayziev.
Eslatib o‘tamiz, O‘ZBEKISTON - QIRG‘IZ RESPUBLIKASI bahsi soat 21:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi.
Fikrlar