
O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini kimlar sharhlashi ma’lum
Bugun "Bunyodkor" stadionida U-23 Osiyo Kubogi final bahsi o‘tkaziladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.
Uchrashuv 18:00da boshlanadi. O‘yin "Uzreport" telekanalida namoyish etiladi. Bellashuvni Xayrulla Hamidov va Davron Fayziev sharhlab boradi.
Hamyurtlarimiz yarim finalda Yaponiyani 2:0 hisobida taslim etdi. Saudiyaliklar ham Avstraliyani shu hisobda engdi.
Fikrlar