
O‘zbekiston yana bir JCh-2018 ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi!
Xabaringiz bor, o‘tgan yil O‘FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilishda amaliy yordam berishni so‘ragan edi. FIFA prezidenti esa o‘z navbatida bu borada O‘zbekistondan yordamini ayamasligini aytgan edi.
O‘FA rasmiy saytining ma’lum qilishicha, joriy yilning 27 mart kuni JCh-2018 ishtirokchisi hisoblangan Marokash terma jamoasi bilan Kasablanka shahrida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni shu shaharning o‘zida Rossiya mundiali yo‘lanmasini qo‘lga kiritgan yana bir nomdor terma jamoa - Senegalga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi. Xabarda keltirilishicha bu borada tomonlar o‘zaro kelishiuvga erishishgan.
Eslatib o‘tamiz, Senegal terma jamoasi JCh-2018da Polsha, Kolumbiya va Yaponiya kabi terma jamoalar joy olgan “N” guruhida kurash olib boradi.
O‘zbekiston MTJ Senegal va Marokashdan tashqari, shu yilning may oyida Eron milliy terma jamoasi bilan ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishini eslatib o‘tish darkor.
O‘FA xabarida keltirilishicha milliy terma jamoa uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilish borasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Fikrlar