
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi FIFA reytingida 3-pog‘ona yuqoriladi
FIFA tomonidan ayollar terma jamoalarining yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 3 pog‘onaga yuqoriladi.
Yangilangan reyting bo‘yicha ayollar terma jamoasi 27,01 ball to‘plagan holda, umumiy hisobda 1526.04 ball bilan FIFA Reytingida 47-o‘rindan joy oldi. Bundan avval Midori Honda jamoasi 50-o‘rinda borayotgan edi.
Reytingning kuchli uchligidan Ispaniya, AQSh va Frantsiya terma jamoalari joy olgan. To‘liq reyting bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Fikrlar