O‘zbekiston boks federatsiyasi «Eng yaxshi onlayn murabbiy» unvoni uchun o‘ziga hos katta «Challange»ni boshlaydi(Video)
O‘zbekiston boks federatsiyasi «Eng yaxshi onlayn murabbiy» unvoni uchun o‘ziga hos katta «Challange»ni boshlaydi.
Ushbu "Challange"da nimalar baholanadi?
- kombinatsiyalarning murakkabligi;
- ijodiy yondashuv;
- Ishtirokchilarning tashqi ko‘rinishi;
- Musiqiy akkompaniment;
- Mahorat;
- Video olinadigan chiroyli fon
"Challange»"miz g‘oliblarini quyidagi sovg‘alar kutmoqda:
- O‘zbekiston boks federatsiyasining eksklyuziv qo‘lqoplari;
- murabbiylar uchun lapalar;
- pul mukofoti.
Mashg‘ulot jarayonini videoga olishingiz lozim. Video uzunligi 1 daqiqa 30 soniyadan oshmasligi kerak. G‘oliblar maxsus komissiya tomonidan baholanadi!
Video jarayonida «O‘zbekiston Chempion» jumlasini keltirib o‘tish ushbu tanlovimizning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi!
«Challange» 21 martga qadar davom etadi! Videolarni #boxinguzbekistan xeshtegi orqali o‘z Instagram sahifangizga joylashtiring va O‘zbekiston boks federatsiyaning rasmiy sahifasini (https://www.instagram.com/boxinguzbekistan_official/) belgilang!
Olg‘a! Balkim siz eng yaxshi onlayn trener bo‘larsiz?!

Fikrlar