O‘zbekiston delegatsiyasi Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketdi
Joriy yilning 10-20 sentyabr kunlari Abu-Dabi shahri (Birlashgan Arab Amirliklari)da muaytay bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Mazkur musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasi Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketdi.
Jahon chempionatida 100 dan ortiq davlatlardan 1500 nafarga yaqin eng kuchli sportchilar ishtirok etadi.
Musobaqalarning rasmiy ochilish marosimi 12-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar