O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi muxlislar uchun ajoyib xabarni e’lon qildi

  • 8 may, 2022, 13:23
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

18 may kuni Toshkentda Italiya va O‘zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o‘tkazilishi haqida xabar berib o‘tgandik. O‘FA tomonidan O‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan muxlislar uchun sovg‘a sifatida ana shu uchrashuvga kirish bepul etib belgilandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Demak, Italiya A Seriyasi afsonalari hamda terma jamoamizda faoliyatini yakunlayotgan yorqin avlod vakillari o‘rtasidagi o‘yinni 18 may kuni, soat 19:00da “Paxtakor” stadionida tomosha qilishingiz mumkin.

Stadionga tashrif buyura olmaydigan futbol ixlosmandlariga qulaylik yaratish maqsadida uchrashuvni "Sport" telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etish rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ғуломов Тўлқинжон
09/05/2022 14:47
Тошкентда хақиқий футбол мухлислари кам, кириш бепул бўлса хам стадион тўлмаса керак. лоторея ташкиллаштириш керак менимча
&
Аббосхон Ахмедов
08/05/2022 16:07
Яхши рахмат рахбарят ва барча мехнат ходимлари шуни ташкилаштириб бош кош болган барчаларини умри узок болсин