O‘zbekiston futzal terma jamoasi 10 yanvardan yig‘in boshlaydi
Shu yilning 26 fevralidan 8 martiga qadar Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 bahslari bo‘lib o‘tadi.
Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’a birinchiligiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi. Terma jamoamiz 10 yanvar sanasidan Toshkentda yig‘inga kirishadi. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan "Bunyodkor" akademiyasiga qarashli zalda olib boriladi. B.Ahmedov yig‘inga 20 nafar o‘yinchini taklif etgan. Yakunda Osiyo chempionatiga ulardan 14 nafari olib ketiladi.

Fikrlar