
O‘zbekiston ham chiqishi kutilayotgan "JCh-2026" favoritlari aniqlandi
"Goal" portali terma jamoalarning "JCh-2026"da g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko‘ra, nufuzli turnirning asosiy favoriti sifatida "Evro-2024" g‘olibi Ispaniya termasi ko‘rildi. Argentina terma jamoasi reytingda ikkinchi o‘rinda, Germaniya esa kuchli uchlikni yakunladi.
Kuchli favoritlar o‘ntaligiga quyidagicha: Angliya, Frantsiya, Portugaliya, Italiya, Niderlandiya, Kolumbiya va Braziliya kirdi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi mundial g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi. "JCh-2022" final uchrashuvida Lionel Skaloni shogirdlari Frantsiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar