O‘zbekiston kubogi. 1/8 finaliga 23 may kuni qur’a tashlanadi

  • 07.05.2025 17:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

21 may sanasida O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga etadi. Sport prinsiplariga amal qilingan holda guruhlardagi so‘nggi tur bellashuvlari bir vaqtda start oladi. 

Iyun oyining ikkinchi yarmida 1/8 final o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur bosqichga 23 may kuni qur’a tashlanadi. Jarayon jonli efirda namoyish etiladi. Shu kuni Superliga 11-turi "Andijon" - "Surxon" o‘yini bilan start oladi. Rejaga ko‘ra, qur’a aynan shu bellashuv oldidan o‘tkaziladi. 

Ma’lumot uchun, guruhni peshqadam sifatida yakunlagan jamoa 1/8 finaldagi raqibini o‘z maydonida qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!