O‘zbekiston Kubogi: 1/16 final juftliklari bilan tanishing
O‘zbekiston Kubogi bahslari mavsumning so‘nggi turniri sifatida 15 aprelda start oladi. Bunda 20 ta jamoa bahslarga kirishadi.
Quyida musobaqaning 1/16 final juftliklar bilan tanishing:
15 aprel (yakshanba)
“Istiqlol” – “Neftchi”
“G‘ijduvon” – “Qizilqum”
“Orol” – “Metallurg”
“Lokomotiv-BFK” – “Navbahor”
“Dinamo” – “Surxon”
“Zomin” – “So‘g‘diyona”
“Yozyovon” – AGMK
“Andijon” – “Buxoro”
16 aprel (dushanba)
“Iftixor” – “Qo‘qon-1912”
“Mash’al” – “Xorazm”
Taqvimda o‘nta juftlik ko‘rsatilmoqda. Qur’aga ko‘ra esa, “Sho‘rtan” va “Norin” jamoalari birinchi bosqichdan o‘yinlarsiz o‘tgan va 1/8 finalga yo‘llanma olgan. Yana to‘rt jamoa – “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Nasaf” va “Bunyodkor” o‘tgan mavsum yakunlaridagi natijalariga binoan bu yilgi bahslarni nimchorak finaldan boshlashi belgilangan.
Shunday qilib, qur’a natijalariga ko‘ra jamoalar quyidagi taqvim ostida maydonga tushishadi va 1/8 final ishtirokchilarini aniqlashadi:
1.“Istiqlol” – “Neftchi” juftligi g‘olibi “Lokomotiv” bilan;
2.“G‘ijduvon” – “Qizilqum” juftligi g‘olibi “Orol”-“Metallurg” juftligi g‘olibi bilan;
3.“Lokomotiv-BFK”- “Navbahor” juftligi g‘olibi “Dinamo”-“Surxon” juftligi g‘olibi bilan;
4.“Iftixor” – “Qo‘qon-1912” juftligi g‘olibi “Paxtakor” bilan;
5.“Bunyodkor” – “Sho‘rtan”
6.”Zomin”-“So‘g‘diyona” juftligi g‘olibi “Mash’al”-“Xorazm” juftligi g‘olibi bilan;
7.”Yozyovon”-AGMK juftligi g‘olibi “Andijon”-“Buxoro” juftligi g‘olibi bilan;
8.”Norin” – “Nasaf”.
1/16 final o‘yinlari bir uchrashuvdan iborat bo‘ladi va Pro-liga jamoalari maydonida o‘tkaziladi.

Fikrlar