O‘zbekiston kubogi. Finalda penalti va sariq kartochkalar "shodasi"ni ko‘rishimiz mumkin. Sababi...

  • 30 oktabr, 2022, 12:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun 17:00 da O‘zbekiston kubogining final o‘yini start oladi. Unda Namanganning "Navbahor" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubiga qarshi saf tortadi.

Tecno

Mazkur bahsda bosh hakam sifatida Vadim Agishev ish olib boradi. Unga qanotlarda Husniddin Shodmonov hamda Obid Jumaev yordamlashadi. Zaxira hakami – Temurbek To‘xtasinov.

Ahamiyatlisi, Agishev bu mavsum umumiy hisobda 20 ta uchrashuvda bosh hakamlik qilgan va futbolchilarga 75 ta sariq kartochka ko‘rsatgan. Bu o‘rtacha hisobda bir o‘yinga 3,75 ta sariq kartochkaga teng.

Shuningdek, referi 20 bellashuvda 8 marotaba 11 metrlik jarima zarbasiga ishora qilgan. O‘rtacha hisobda har 2,5 o‘yinda bitta penalti.

Qizil kartochkalar soni ikkitani tashkil etadi. Ya’ni har 10 bahsda bitta chetlatish.

Biz hakamlarga finalda muvaffaqiyat tilab qolamiz. Bugun ularga ko‘p narsa bog‘liq. Chiroyli va adolatli futbol ko‘ramiz, degan umiddamiz!

 

O‘zPFL ma’lumotlari asosida Shohrux Zoirov tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
30/10/2022 12:55
Nima bulsa ham shugun. Sudiyala yil maboniga qilgan haromliklarini qilmasa buldi. ikkala kamandani muhlislari haqqoni boshqarish tarafkori.