O‘zbekiston Kubogi. "Lokomotiv" bir kishi kam bo‘lib "Turon"ni engdi, "Andijon" Pro-liga debyutantiga g‘alabani boy berdi
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan 2 ta uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Ularning birinchisida "Lokomotiv" o‘z maydonida "Turon"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Marat Bikmaev va Azizbek Amanovning yagona gollari "temiryo‘lchilar"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. E’tiborlisi, toshkentliklar Xurshid Muxtorovning maydondan chetlatilishi oqibatida uchrashuv so‘ngini 10 kishi bo‘lib o‘tkazdi.
"Andijon" esa "Aral Samali" maydoniga safar qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Vodiyliklar tarkibidan Abdulhay Ismoilov kiritgan golga raqib safidan Nauriz Alimov javob berdi.

Fikrlar