O‘zbekiston Kubogi. Muhim o‘yin oldidan "Yunired" tarkibida yo‘qotish mavjud

  • 26 mart, 2022, 15:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga, 27 mart kuni Toshkentdagi "Chig‘atoy" stadionida O‘zbekiston Kubogi 3-saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Dastlab 12:00da "Qumqo‘rg‘on-1977" - "Do‘stlik Oltiariq" bellashuvi o‘tkaziladi. Keyin esa 15:00da "Andijon 2" - "Yunired" qarama-qarshiligi boshlanadi.

Mazkur bellashuv oldidan Samarqand viloyati vakili "Yunired" tarkibida bitta yo‘qotish mavjud. 2-saralash bahsida Jasur Qurbonov qizil kartochka olib maydonni tark etgandi. Shu bois u ertangi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Jasur jamoasining asosiy tarkib futbolchisi edi. Futbolchi ikkita o‘yinda ham asosiy tarkibdan o‘rin egallagandi. Qurbonov 22-raqamda harakat qilgan.

photo_2022-03-23_15-44-52

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!