O‘zbekiston Kubogi. "Neftchi" - "Bunyodkor" o‘yini uchun chipta narxlari qancha?

  • 11 aprel, 2023, 13:57
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Kubogi doirasida "Neftchi"  Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi. Qiziqarli va shiddatli ruhda kechadigan mazkur uchrashuvga chiptalar sotuvga chiqarilgan.

Tecno

Chiptalarni stadion kassalarida, shuningdek Farg‘ona shahar dehqon bozor avtoturargohi hamda kunning ikkinchi qismidan boshlab "Ixlos" market yonidagi chorrahada joylashgan maxsus kassalarda 15000, 20000 va 30000 so‘mdan belgilangan narxlarda xarid qilish imkoniyatiga egasiz.

Bundan tashqari, uzoq-yaqindan tashrif buyuradigan muxlislarga ham qulaylik yaratish maqsadida klub rahbariyati "E-chipta" xizmatidan foydalanadi. Bunda siz "@echipta_bot" botiga kirib hamyonni to‘ldirgan holda "O'yinlar ro'yxati >➡️  O`zbekiston kubogi > ➡️ "Neftchi" - "Bunyodkor" > ➡️  Chipta sotib olish" bo‘limlariga kirib, o‘zingiz xohlagan joydan chipta harid qilishingiz mumkin.

“Neftchi” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!