O‘zbekiston kubogi. Oston O‘runov dubl qayd etgan o‘yinda "Navbahor" "Olimpiya"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

  • 19 aprel, 2023, 18:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston kubogi 1-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.

Tecno

"F" guruhi ishtirokchisi "Navbahor" bugun "Olimpiya"ga qarshi maydonga tushdi. Toshkentdagi ROZK sport majmuasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.

Mezbonlar safida yagona golni Navro‘z Iminjonov kiritgan bo‘lsa, namanganliklarning 4 goli Shohruz Norxonov (penalti), Temurxo‘ja Abduxoliqov va Oston O‘runov (dubl) nomiga qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!