O‘zbekiston kubogi: Yarim final uchrashuvlari vaqti va manzili ma’lum

CHERY AUTO

Yana uch kundan so‘ng mamlakat kubogi-2025 musobaqasining yarim final uchrashuvlari boshlanadi. Avvaldan rejalashtirilganidek, yarim final o‘yinlari  Toshkentdagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Yarim final uchrashuvlari “Futbol-TV” telekanali hamda O‘FFning You Tube kanallari orqali to‘gridan to‘g‘ri namoyish etiladi.

12 may (dushanba)
15:00  BMB – OKMK 
17:00 "Oil Star" – SQB

13 may (seshanba)
15:00 "Oil Star" – SQB
17:00  BMB – OKMK 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futzal federatsiyasi kubok bahslari yanada qiziqarli va murosasiz o‘tishini ta’minlash maqsadida rag‘batlantiruvchi mukofot ta’sis etgandi. 

Unga ko‘ra, musobaqa yarim finalchilari bir xil 50 million so‘mdan, ikkinchi o‘rin sohibi 100 million so‘m mukofot puliga ega bo‘ladi. Mamlakat kubogi sohibiga esa 200 million so‘m mukofot puli sifatida topshiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!